Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari kimyo fanidan ilk amaliy ko‘nikmalarini shakllantirmoqdalar

Biotexnologiya yo‘nalishi talabalari kimyo fanidan ilk amaliy ko‘nikmalarini shakllantirmoqdalar

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida fundamental fanlarni chuqur o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda. "Texnologiyalar" fakulteti "Biotexnologiya" yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun "Umumiy va noorganik kimyo" fanidan navbatdagi ochiq laboratoriya mashg‘uloti tashkil etildi.

Mashg‘ulot "Anorganik birikmalarning muhim sinflari" mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida talabalar oksidlar, asoslar, kislotalar va tuzlarning xossalari, ularning olinish usullari hamda o‘zaro ta’sirini laboratoriya sharoitida amaliy tajribalar orqali o‘rgandilar. 

Biotexnologiya sohasi mutaxassislari uchun kimyoviy jarayonlarni mukammal bilish poydevor hisoblanadi. 


Foydali manzillar