- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ta’lim sifatini oshirish va yetuk kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik kuchaytirilmoqda.
"Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar yetishtirish" kafedrasi o‘qituvchisi Nazira Ro‘ziyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston Milliy universitetining "Biologiya" fakulteti laboratoriyasida amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etildi. Dars davomida talabalar laboratoriyadagi eng zamonaviy texnologik jihozlar va ularning ishlash prinsiplari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, akademik Raximova Turaxon Uqovovna talabalarga o‘zining ko‘p yillik ilmiy tajribasini so‘zlab berib, agrobiologiya sohasidagi dolzarb muammolar va kelajakdagi tadqiqotlar haqida qimmatli maslahatlar berdi.