TALABA-YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

TALABA-YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Filial direktori N.Yuldashov hamda tashrif buyurgan mutassaddi hodimlar ishtirokida Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ilgari surilgan yoshlarga oid tashabbus va qarorlari ijrosi, har payshanba “Yoshlar kuni”ni tashkil etish topshirig‘idan kelib chiqib,  professor-o'qituvchilar va talaba-yoshlar bilan OCHIQ MULOQOT uchrashuvi o‘tkazildi.

Ochiq muloqotda bitiruvchilar bandligini ta’minlash, startap ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni grantlar asosida xorijiy davlatlar universitetlariga qisqa va uzoq muddatli ta’lim dasturlari asosida tahsil olish uchun yuborish, shunigdek ma'naviy-ma'rifiy hamda tarbiyaviy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda talabalar o'zini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Kelgusida ham mana shunday uchrashuvlar doimiy amalga oshirilishi ta'kidlandi.


Foydali manzillar