Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Tadbirkorlik rivoji "Havas" savdo tarmog‘i misolida tahlil qilindi

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi: Tadbirkorlik rivoji "Havas" savdo tarmog‘i misolida tahlil qilindi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Iqtisodiyot fakultetida talabalarning iqtisodiy bilimlarini hayotiy misollar orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
"Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi assistenti A. Ashurov tomonidan "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan navbatdagi amaliy mashg‘ulot darsi o‘tkazildi. Mashg‘ulot "Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish" mavzusiga bag‘ishlanib, unda mamlakatimizdagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri — "Havas" do‘konlari faoliyati misol qilib olindi.

Dars davomida talabalar "Havas" tarmog‘ining biznes modeli, bozordagi strategiyasi, tadbirkorlik risklarini boshqarish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish omillarini iqtisodiy nazariya nuqtai nazaridan tahlil qilindi.