DNK diagnostikasi va xaritalash fanidan navbatdagi amaliy laboratoriya mashgʻuloti oʻtkazildi

DNK diagnostikasi va xaritalash fanidan navbatdagi amaliy laboratoriya mashgʻuloti oʻtkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali "Biotexnologiya, ekologiya va oʻrmonchilik" kafedrasida "DNK diagnostikasi va xaritalash" fani boʻyicha talabalarning laboratoriya koʻnikmalarini shakllantirish bo'yicha laboratoriya mashg'uloti bo'lib o'tdi.

Kafedra oʻqituvchisi A. Rahimov boshchiligida 22-20-guruh talabalari ishtirokida "Oqsillarni harorat taʼsirida, mineral kislotalar, ishqoriy ogʻir metallarning neytral tuzlari yordamida choʻktirish" mavzusida laboratoriya mashgʻuloti amalga oshirildi. 

Dars davomida talabalar oqsillarning fizik-kimyoviy xossalarini oʻrganish bilan birga, ularni turli reagentlar yordamida choʻktirish usullarini amalda sinab koʻrdilar. Mazkur jarayon DNK diagnostikasida namunalarni oqsillardan tozalash va toza genetik material olishda poydevor hisoblanadi.