- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining "Biotexnologiya, ekologiya va oʻrmonchilik" kafedrasida talabalarning amaliy koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan ochiq, amaliy darslar davom etmoqda.
Kafedra oʻqituvchisi boshchiligida 24-20-guruh talabalari ishtirokida "Tvorog tayyorlash texnologiyasi" mavzusida laboratoriya mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot davomida talabalar sut mahsulotlarini qayta ishlashning biotexnologik jarayonlari, xususan, sutni ivitish, termik ishlov berish va tayyor mahsulotni zardobdan ajratib olish bosqichlarini amalda bajardilar
Bunday amaliy darslar boʻlajak mutaxassislarning oziq-ovqat xavfsizligi va qayta ishlash sanoati boʻyicha bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.