Talabalar malakaviy amaliyot o‘tamoqda

Talabalar malakaviy amaliyot o‘tamoqda

 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida o‘quv jarayonining muhim bosqichlaridan biri 3 va 4-bosqich talabalari amaliyot jarayonlarini tashkil qilish hamda, malakaviy imtihonlarni topshirish uchun Toshkent shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Ushbu amaliyot jarayonlari talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirish, o‘z sohasi bo‘yicha kelajakdagi ish faoliyatiga tayyorgarlikni mustahkamlash imkoniyatini beradi.

 Talabalar malakaviy amaliyoti fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi tamoyillari asosida tashkil etilib, nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish orqali kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga qaratilmoqda.


Foydali manzillar