- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Hurmatli talaba-yoshlar, aziz professor-o‘qituvchilar hamda jamoamiz a’zolari!
Joriy yil 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan nufuzli uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlarga oid 32 ta tarixiy tashabbus va qarorlar yurtimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.
Mazkur tashabbus va qarorlarni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali faoliyatiga izchil va samarali tatbiq etishni o‘z oldimizga ustuvor vazifa sifatida belgilab oldik.
Bu borada yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish asosiy maqsadimizdir.
1. Payshanba kuni “Yoshlar” kuni belgilanib olindi, o‘sha kuni Direktor va barcha o‘rinbosarlar, ish beruvchilar va bank xodimlari ishtirokida talaba-yoshlar o‘rtasida ochiq muloqotlar o‘tkaziladi va talabalar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi. Haftaning shanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.
2. Bitiruvchilar bandligini ta’minlash maqsadida “SERVOLUX” Belorus – O‘zbekiston qo‘shma korxonasiga 150 nafarga yaqin bitiruvchilar ish bilan ta’minlash choralarini ko'ramiz. “Kelajakka qadam” dasturlarida bitiruvchilarning 30 dan ortiq biznes loyihalari bilan ishtirok etamiz.
3. Filialda ta’lim fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 7 ta ish beruvchi korxonalarda kafedra filiallarini ochish choralari ko'riladi.
4. 200 nafar talabani ilmiy to‘garak va laboratoriya faoliyatiga jalb qilish hamda kamida 50 nafar talabaning respublika va xalqaro konferensiyalarda ishtirokini ta’minlaymiz.
5. 100 nafar iqtidorli talabani startap va innovatsion loyihalarga yo‘naltirish, ulardan kamida 10 ta loyihani amaliyotga joriy etamiz.
6. 150 nafar talabani ishlab chiqarish korxonalari va veterinariya klinikalarida dual ta’lim asosida amaliyotga jalb qilamiz.
7. 20 nafar talabaning Scopus yoki xalqaro to‘plamlarda hammuallif sifatida maqolalar chop etishiga ko‘maklashamiz.
8. 8 nafar talabani Top 300 universitetlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuborishni tashkil etamiz.
9. 4 ta talabalar startap guruhini patent yoki ixtiro rasmiylashtirish jarayoniga olib chiqamiz.
10. Kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida talabalar o‘rtasida tanlovlar tashkil etilib, eng yaxshi kitobxon talabalarga direktor rag‘bati yo‘lga qo‘yiladi, kutubxona fondini boyitamiz.
11. Harbiy okruglarda o‘z xizmat vazifasini olib borayotgan harbiylarni qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida nazariy va amaliy ko‘mak berishga tayyormiz.
12. Har yili an’anaviy tarzda Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan
11 ta mutaxassislik fanlari bo‘yicha fan olimpiadalarida ishtirok etish choralarini ko'ramiz.
13. Filialda ommaviy sportda talabalar ulushini oshirib, futbol va boshqa sport to‘garaklari orqali olimpiada ishtirokchilarini kashf qilish bo'yicha ishlarni tashkil qilamiz.
Hurmatli Filialimiz jamoasi!:
Ta’lim muassasamiz shunday maskan bo‘lishi kerakki, u bitiruvchini ishli qiladigan, startap yaratadigan, chempion tayyorlaydigan va ma’naviyat hamda kitobxonlik markaziga aylanadigan namuna bo‘lsin. Bu yerda har bir yoshning iste’dodi rivojlansin, adolat va teng imkoniyatlar ta’minlanadi.
Barchangizni ushbu tarixiy imkoniyatni amaliyotga tatbiq etishda faol va tashabbuskor bo‘lishga chaqiraman.
Hurmat bilan,
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,
chorvachilik va biotexnologiyalar
universitetining Toshkent filiali direktori veterinariya fanlar doktori professor
Yuldashov Nurbek Ergashovich