Ijtimoiy so'rovnoma

Ijtimoiy so'rovnoma

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 2025–2026 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida talabalar o‘rtasida ta’lim jarayoni sifati, professor-o‘qituvchilar faoliyati, korrupsiya holatlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda moddiy-texnik baza holatini o‘rganish maqsadida anonim ijtimoiy so‘rovnoma Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan o‘tkazildi. So‘rovnomada talabalar faol ishtirok etdi.

Mazkur o‘rganishlar natijasida fan dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, amaliy mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, kutubxona fondini boyitish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.

 Olingan natijalar asosida 2025–2026 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi uchun ta’lim sifatini yanada yuksaltirish va o‘quv jarayonini takomillashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Reja doirasida:
– o‘quv reja va fan dasturlarining ijrosi monitoring qilinadi;
– mutaxassislik fanlari va amaliy mashg‘ulotlar sifati oshiriladi;
– professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati takomillashtiriladi;
– baholash tizimining shaffofligi va akademik halollik ta’minlanadi;
– dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida va sifatli o‘tilishi qat’iy nazorat qilinadi;
– Axborot-resurs markazi elektron bazasi boyitilib, undan foydalanish darajasi kengaytiriladi.
Belgilangan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, doimiy monitoring asosida nazorat qilinadi.

Filialda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ochiqlik va samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.


Foydali manzillar