- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talabalarning ishlab chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy darslar amalga oshirilmoqda.
4-kurs 22-20-guruh talabalari ishtirokida "Brinza tayyorlash texnologiyasi" mavzusida laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulot davomida bo‘lajak mutaxassislar sutni qayta ishlash, zardobdan ajratish va brinza pishlog‘iga hos bo‘lgan tuzlash jarayonlarini bevosita amalda bajardilar.
Mazkur dars jarayonida mahsulotning sifati va xavfsizligini ta’minlash, texnologik bosqichlarga rioya qilish hamda tayyor mahsulotning chiqish me’yorlari tahlil qilindi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalarning bitiruv oldi malakalarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.