Nazariya va amaliyot integratsiyasi

Nazariya va amaliyot integratsiyasi

Filial Magistratura bo'limi boshlig'i R.Davlatov boshchiligida Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklari kafedrasi, 2 -bosqich talabalari 70840302-“ Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi va immunologiyasi” mutaxassisligi magistrantlari "Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi Davlat markazi"ga amaliyot o'tash uchun tashrif buyurdi.

Talabalarga kasalliklarni aniqlashning eng zamonaviy usullari, virusologik va mikrobiologik tadqiqotlar, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.

Markazning zamonaviy laboratoriyalari, olib borilayotgan tadqiqotlar va diagnostika jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu amaliyot ularning ilmiy salohiyatini oshirishga hamda kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga muhim hissa qo‘shadi.


Foydali manzillar