Agro - Zamin yulduzlari tanlovi bo'lib o'tadi

Agro - Zamin yulduzlari tanlovi bo'lib o'tadi

Qishloq xo'jaligi vazirligi, "Аgrаr soha ayollari" uyushmasi  hamkorligida tashkil etilgan mazkur tanlov nizomga asosan ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda har bir fakultetdan 5 nafardan iqtidorli talaba qizlar ishtirok etadi. Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqich natijalariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan talaba qizlar ishtirokchi Respublika final bosqichiga yo'llanma oladi.

Tanlovdan asosiy maqsad esa, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan namunali talaba-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, gender tenglikni ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish va jamoatchilikka yetkazish.
Filial miqyosida tanlov, 25 - fevral kuni, soat 14.00 da, 111 - xonada bo'lib o'tadi. Batafsil ma'lumot uchun: “Agrobiologiya va dorivor o‘simliklar yetishtirish” kafedrasi A. Tursunqulova


Foydali manzillar