- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali Magistratura bo'limi boshlig'i R.Davlatov boshchiligida Veterinariya ishini tashkil etish va sanitariya ekspertizasi kafedrasi, 2 -bosqich talabalari "Veterinariya dori vositalari va mahsulotlarini sinovdan o'tkazish ilmiy nazorat markazi"ga amaliyot o'tash uchun tashrif buyurdi.
Amaliyot davomida talabalar nafaqat sohadagi zamonaviy texnologiyalar va davolash usullari bilan tanishdilar, balki olingan nazariy bilimlarni bevosita laboratoriya va klinik sharoitlarda sinab ko‘rdilar.Mazkur jarayon yosh mutaxassislarning professional ko‘nikmalarini shakllantirishda,ularning hayvonlar morfofiziologiyasi hamda yuqumsiz kasalliklar diagnostikasi bo‘yicha tajribasini oshirishda muhim bosqich bo‘ldi.
Amaliyot davrida talabalarning bajargan amaliy ishlari nazariy bilimlarini mustahkamlashda dasturilamal bo'lib xizmat qilishi ta'kidlandi.