- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida Respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari uchun “Yangi O‘zbekistonda davlat va din munosabatlari hamda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar”yo‘nalishida qisqa muddatli malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.
Tashkil etilgan o‘quvlar Yangi O‘zbekistonda vijdon erkinligi va diniy sohada davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari va uning huquqiy asoslari, diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng islohotlardan xabardor qilish, oliy ta’lim muassasalarida ijtimoiy va ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlashda rahbar-xodimlarning rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.