Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy - ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma'naviy - ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida buyuk mutafakkir, jahon adabiyotining yuksak siymosi Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirni filial direktori Yuldashov Nurbek Ergashovich ochib berdi. Alisher Navoiy ijodining badiiy yuksakligi, insonparvarlik g‘oyalari va adabiy merosining bugungi davr uchun ham dolzarbligi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, 2026 -yil Prezident va nomli davlat stipendiyasini olgan talabalarga tashakkurnoma topshirildi.

Tadbir davomida buyuk shoir asarlarining falsafiy mohiyati, uning milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar ijro etildi.


Foydali manzillar