Kiberxavfsizlik — zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismi: professor-o‘qituvchilar uchun maxsus uchrashuvlar tashkil qilindi

Kiberxavfsizlik — zamonaviy ta’limning muhim tarkibiy qismi: professor-o‘qituvchilar uchun maxsus uchrashuvlar tashkil qilindi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali “Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun maxsus uchrashuvlar tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan zamonaviy kiberxavflar, ularning oldini olish yo‘llari va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’lim jarayonida raqamli resurslardan faol foydalanilayotgan bir paytda, professor-o‘qituvchilarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish nafaqat ularning shaxsiy xavfsizligini, balki talabalar ma’lumotlari va universitetning umumiy axborot tizimining himoyasini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Foydali manzillar