Kiberjinoyatlarni oldini olish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi

Kiberjinoyatlarni oldini olish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi

 Fililalda kiberjinoyatchilikning oldini olish va talaba‑yoshlar hamda xodimlarning raqamli xavfsizligini oshirish maqsadida navbatdagi targ‘ibot va profilaktika uchrashuvlari o‘tkazildi. Tadbirlar mutaxassislar ma’ruzasi, amaliy ko‘rsatmalar va ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Talaba-yoshlarga kiberxavfsizlik hamda kiberhujumlardan himoyalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi. 

Bugungi kunda kiberjinoyatlar tez sur’atlarda ko‘paymoqda. Firibgarlar turli usullar bilan odamlarni aldab, shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlarni qo‘lga kiritadi. Shu sababli har birimiz o‘zimiz va yaqinlarimizning ma’lumotlarini ehtiyotkorlik bilan himoya qilishimiz zarur.

Uchrashuvlar davomida talabalarga amaliy misollar, real holatlar tahlili va profilaktik choralar bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Talaba - yoshlar savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob qaytarildi.


Foydali manzillar