Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali hamda Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar kafedrasi bilan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatni integratsiyalash, sohada innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida institut huzurida Hayvonlar yuqumli va parazitar kasalliklar kafedrasining filiali tashkil etildi. Ushbu kafedra filiali talabalarning amaliy mashg‘ulotlarini ishlab chiqarish va ilmiy muhit bilan bevosita bog‘lash, baliqchilik xo‘jaliklarida uchraydigan yuqumli va parazitar kasalliklarni o‘rganish, ularning oldini olish hamda zamonaviy diagnostika va profilaktika usullarini joriy etish imkonini beradi.


Foydali manzillar