- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Ushbu ezgu tashabbus jamiyatimiz hayotida mahallaning o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish, ijtimoiy faollikni kuchaytirish, ayniqsa, yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishni nazarda tutadi. Bu yil nomi o‘zida katta mas’uliyat va yuksak vazifalarni mujassam etgan.
Shu munosabat bilan bugungi yig‘ilishimizda muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalar va g‘oyalarni bizga yetkazish maqsadida Yoshlar parlamenti raisi Sobitov Otabek Yuldashevich bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuv yakunida filial jamoasiga Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarni nafaqat o‘rganish, balki ularni kundalik ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali tatbiq etish, yoshlarni vatanparvar va fidoyi insonlar qilib tarbiyalash bo‘yicha tavsiyalar berildi.