“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik

“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik

#tanlov

“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovining yangi mavsumiga tayyorgarlik!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tanlovning ilk mavsumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi (https://t.me/eduuz/35338).

Mazkur tashabbusning mantiqiy davomi sifatida tanlovning navbatdagi mavsumiga tayyorgarlik boshlandi.

Shu munosabat bilan, yosh izlanuvchi-tadqiqotchilar va talabalarni o‘z ilmiy faoliyatlari bo‘yicha sodda va ommabop tilda maqolalar tayyorlab, e’lon qilish hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan, keng jamoatchilikka ilmiy bilimlarni tushunarli va ommabop tarzda yetkazishga xizmat qiladigan eng yaxshi materiallar mualliflarini aniqlash va rag‘batlantirishdir.

Tanlovga hujjatlar topshirish 2026-yil may oyida bo‘lib o‘tadi, shuning uchun hozirdanoq tayyorgarlikni boshlang!

 Ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

 2025/2026-o‘quv yili davomida ilmiy-ommabop gazeta yoki jurnallarda maqolangizni e’lon qiling;
 e’lon qilingan material (PDF shaklda) va ma’lumotingiz bilan may oyining 1–10-sanasida tanlovga ariza topshiring.

Tanlovda oliygohlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalar ishtirok etishi mumkin.

G‘oliblar quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 1-o‘rin — BHMning 25 baravari;
 2-o‘rin — BHMning 20 baravari;
 3-o‘rin — BHMning 15 baravari.

Siz ham o‘z ilmiy faoliyatingizni keng ommaga taqdim etishni istaysizmi? Unda maqolangizni tayyorlang va tanlovda ishtirok eting!

Tanlov nizomi (https://api-portal.gov.uz/uploads/19007822-b654-6a4a-53dd-189cd5243dbe_media_.pdf)


Foydali manzillar