- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Vatan himoyasi — muqaddas burch: Filialda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni tantanali nishonlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida "Vatan himoyasi — muqaddas burch" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Filial direktori Yuldashev Nurbek Ergashovich o‘zining samimiy bayram tabrigi bilan ochib, Qurolli Kuchlar xodimlariga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatdi. Filial direktori o‘z nutqida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiylarimizni qutlar ekan, Vatan ravnaqi va barqarorligini asrab-avaylashni o‘z hayotiy burchi deb bilgan professor-o‘qituvchilar hamda talabalarimizga ham chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Milliy kinologiya markazi xodimlari tomonidan sahna chiqishlari namoyish etilib, tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.