- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti hamda uning Toshkent va Nukus filiallari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn seminar–uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur onlayn tadbirda universitet va filiallar vakillari masofaviy formatda ishtirok etib, xalqaro va ichki hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, xalqaro va ichki memorandumlar imzolash, “Work and Travel” dasturlari orqali talabalarni xorijga yuborish, shuningdek, professor-o‘qituvchilar salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, o‘quv dasturlarini dunyoning TOP–300 talik oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida takomillashtirishning ahamiyati, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish, professor-o‘qituvchilarni xorijiy stajirovkalarga yuborish, hamda akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish (o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida) bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilindi.