Davlat madhiyasining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va uning mazmun-mohiyatini yuzasidan davra suhbati boʻlib o'tdi.

Davlat madhiyasining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va uning mazmun-mohiyatini yuzasidan davra suhbati boʻlib o'tdi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti  Toshkent filiali Veterinariya meditsinasi fakultetida Oʻzbekiston Respublikasining mustaqillik ramzlaridan biri boʻlgan Davlat madhiyasining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglashga bagʻishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati boʻlib o'tdi.

Madhiya matni va musiqasining qanday sharoitlarda dunyoga kelgani, uning mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridagi ruhiy ahamiyati xususida tarixiy ma’lumotlar berildi.

Madhiya so‘zlarida mujassam topgan milliy qadriyatlar, xalqimizning orzu-umidlari, erkinlik va istiqlol gʻoyalari chuqur tahlil etildi. Har bir misraning ma’no-mohiyati, undagi Vatanga muhabbat, fidoyilik va buyuk kelajakka ishonch tuyg‘ulari talabalar ongiga singdirildi.


Foydali manzillar