- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
2025-yil 4-dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Chorvachilikda zamonaviy diagnostika usullari hamda kasalliklarni davolash va oldini olishda veterinariya farmatsevtikasining roli” mavzusida katta ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda respublikamizning nufuzli ilmiy muassasalari va oliy ta’lim dargohlari vakillari ishtirok etib, chorvachilik va veterinariya fanining eng dolzarb masalalari bo‘yicha o‘z fikr va tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ishtirok etgan tashkilotlar:
Toshkent davlat agrar universiteti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti
Alfraganus instituti
Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor va dotsentlari
Konferensiyada nimalar muhokama qilindi?
Zamonaviy diagnostika usullari
Veterinariya farmatsevtikasining bugungi o‘rni
Hayvonlarni kasalliklardan himoyalash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar
Profilaktika va davolashning yangi texnologiyalari
Immun tizimini mustahkamlashga oid ilmiy tadqiqotlar
Ushbu yo‘nalishlardagi yangi ilmiy ishlanmalar, tajribalar va amaliy natijalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Yosh tadqiqotchilar uchun katta imkoniyat
Konferensiya doirasida yosh olimlar va talabalar yetakchi mutaxassislar bilan savol-javob, muloqot va ilmiy bahslar olib bordilar. Bu esa ularning fanga qiziqishini yanada kuchaytirib, kelajakdagi ilmiy izlanishlari uchun mustahkam motivatsiya bo‘ldi.