“Olima bo‘lsang – olam seniki”, “Olimа – ayol jamiyat tayanchi” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.

“Olima bo‘lsang – olam seniki”, “Olimа – ayol jamiyat tayanchi” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali veterinariya meditsinasi fakulteti Kafedra haftaligi doirasida “Olima bo‘lsang – olam seniki”, “Olimа – ayol jamiyat tayanchi” mavzularida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbatida filialning tajribali olima ayollari, professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talaba-qizlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi – ilm-fan sohasida ayollarning erishayotgan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun mavjud imkoniyatlarni tushuntirish, shuningdek, yosh qizlarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va intilishni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.


Foydali manzillar