- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Joriy yilning 20-noyabr sanasida
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida “Giyohvandlik moddalari, psixotrop dori vositalarining noqonuniy muomalasi, ularni iste’mol qilish, shuningdek diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyalari va ta’siriga tushib qolish holatlari oldini olish” profilaktik-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda IIV Akademiyasi magistratura tinglovchisi podpolkovnik Narbekov Lutfulla Xamzayevich o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, giyohvandlik vositalarining zararli oqibatlari, diniy ekstremistik g‘oyalardan ehtiyot bo‘lish choralariga oid tavsiyalar berildi, talabalar bilan ochiq muloqot va savol-javoblar tashkil etildi.