- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Bugun Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi
Tadbirni filial direktori Nurbek Yuldashov ochib berdi va nutqi davomida Davlat bayrog‘i mustaqilligimizning ramzi, xalqimizning o‘ziga xosligi va birligining ifodasi ekanligini alohida ta’kidladi.
Tadbir davomida davlat bayrog'ining milliy va xalqaro darajadagi nufuzi, uning yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usini singdirishdagi o‘rni keng yoritildi.
Badiiy qismda talaba-yoshlar tomonidan she’rlar ijro etildi. Ularda bayrog‘imizning ulug‘vorligi, xalqimizning g‘ururi va ezgu maqsadlarini ifoda etuvchi misralar talabalar qalbiga iftixor va ko'tarinki kayfiyat bag‘ishladi.