“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

“Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Registrator ofisi” boshlig‘i A.Esanov hamda bankning mas’ul xodimlari bilan birgalikda “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish istagida boʻlgan bitiruvchi talabalar uchun “Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha” mavzusi bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

Bank vakili tomonidan loyiha doirasida biznes reja tuzishning muhim jihatlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, risklarni baholash va investisiyalarni jalb qilish kabi masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Bitiruvchi talabalarga startap loyihalarini amalga oshirish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, ularning shartlari va afzalliklari haqida tushuntirishlar olib borildi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida bo'lib o'tdi, loyiha mas’ullari yoshlarning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi, ularni faol ishtirok etishga chaqirdi.


Foydali manzillar