- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida "Korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda filial rahbari Nurbek Yuldashov hamda universitet professor o'qituvchilari va hodimlari ishtirok etdi.
Ta’lim tizimida korrupsiyaviy holatlarga barham berish, halol va shaffof muhitni ta’minlash,korrupsion holatlarning oldini olish, bu illatga yo'l qo'ymaslik uchun har bir xodimning shaxsiy mas'uliyati va fuqarolik burchi alohida ta'kidlandi. Shuningdek, OTM muassasasida shaffoflikni ta'minlash, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va xizmat vazifalarini bajarishda qat'iy etika qoidalariga rioya qilish mexanizmlari haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv savol-javob va ochiq munozara ruhida o'tdi. Xodimlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi