- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
"Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida 19-noyabr kuni soat 12:00 da Filialning Chilonzor tumanidagi o'quv binosida betakror ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘zbek adabiyoti va madaniyatining atoqli vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari — iste’dodli shoir Salim Ashur, Bobur Elmurodov hamda shoira Kumush Abdusalomovalar bilan bo‘lib o‘tadigan ushbu samimiy suhbat hayotiy kechinmalarni she’riy tilda anglashga va ruhingizni boyitishga xizmat qiladi.
Bu uchrashuv Sizga nafaqat adabiy ilhom, balki ruhiy quvvat, ijodiy cheksizlik, she’riyatning mo‘jizakor olami bilan yanada yaqindan tanishish imkonini beradi. Tarixiy voqeani qo‘ldan boy bermang! O‘zingizni adabiyotning sehrli olamiga sho‘ng‘ish va ijodiy ruh bilan boyitish uchun ushbu uchrashuvda qatnashing!
Chilonzor tumanida joylashgan o‘quv binosi manzili (https://maps.app.goo.gl/QZY3LD4CaqBKBcZR7)