Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali mas'ullari tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, ularga qulay va xavfsiz muhit yaratishda amaliy yordam ko‘rsatish hamda talabalarning ta’lim va tarbiya jarayonlaridagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Ijara xonadonlariga uyushtirilgan tashriflar davomida ijara xonadonlardagi kitobxonlik va ma'naviyat burchaklari, dars tayyorlash uchun talabalarga yaratilgan sharoitlar hamda elektr va gaz uskunalaridan xavfsiz foydalanish holatlari ko‘zdan kechirildi. Talabalar bilan o‘tkazilgan suhbatda ularning ehtiyojlari, ijara xonadonlaridagi issiqlik ta'minoti va boshqa masalalar yuzasidan muloqot olib borildi.


Foydali manzillar