"Manzilli dasturi” bo'yicha amalga oshirlgan ishlar

"Manzilli dasturi” bo'yicha amalga oshirlgan ishlar

Mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oldini olish va kasb kasalliklarining profilaktikasi  "Manzilli dasturi” bo'yicha Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida amaliy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. 

Barcha xodimlar ishtirokida mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, elektr xavfsizligi hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha yo‘l-yo‘riq (instrukta) o‘tkazildi, mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida ish joylarida xavfsizlik belgilarini o‘rnatish, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari holatlari kuzatilmagan, tegishli nazorat choralari muntazam amalga oshirilmoqda.


Foydali manzillar