Talabalar uchun ma’naviy sayohat: Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif

Talabalar uchun ma’naviy sayohat: Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi.

Temuriylar davriga oid qoʻlyozmalar, Amir Temur gerbi tasvirlangan kumush va mis tangalar, shuningdek, temuriylar sulolasi vakillarining zarb qilingan nomlari, sopol va mis buyumlar, etnografik ahamiyatga ega boʻlgan buyumlar, qurol-yarogʻlar, kiyim-kechaklar talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.

Muzey eksponatlari tarixiy ahamiyatga ega boʻlib, Amir Temur nafaqat davlat arbobi, balki ilm-fan, sanʼat va madaniyat, hunarmandchilik, maʼnaviyat va maʼrifat homiysi boʻlganidan dalolat beradi.


Foydali manzillar