- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Kelajak soati” loyihasi doirasida tashkil etilgan navbatdagi “Maʼrifat darsi” “Oʻzbekiston va jahon” mavzusiga bagʻishlandi. Darsni Filial direktori Yuldashov Nurbek Ergashovich olib bordi.
Maʼrifat darsining asosiy maqsadi — talabalarda Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va roli haqida chuqur tasavvur hosil qilish, ularni global jarayonlarda faol fuqaro sifatida shakllantirishdan iborat boʻldi.
Dars yakunida dzyudo boʻyicha Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova misolida yurtimiz yoshlarining sport sohasidagi yutuqlari va Vatan bayrogʻini jahon arenasida baland koʻtarishdagi faol ishtiroki haqida fikr almashildi.