"Kafedra oyligi" doirasida bilimlar bellashuvi "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

"Kafedra oyligi" doirasida bilimlar bellashuvi "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida “Agrobiotexnologiya va dorivor oʻsimliklar yetishtirish kafedrasi dotsenti  Tursunqulova A, Begimqulov I, assistent Qodirova Sh tomonidan "Kafedra oyligi" doirasida bilimlar bellashuvi "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

Talabalar nafaqat o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashdi, balki, ekologik madaniyat va zamonaviy biotexnologik yo‘nalishlardagi yangiliklarga ham chuqurroq nazar tashlash imkoniga ega bo‘lishdi. Tadbirlar talabalarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Intellektual o‘yin yakunida g‘olib bo‘lgan va faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.


Foydali manzillar