"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targ'ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi

"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targ'ibot-tashviqot tadbiri o'tkazildi


16 oktabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida yoshlar o‘rtasida bilim va ma'rifatning ahamiyatini targ‘ib qilish, yot g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirish va ularning ong va shuurida vatanparvarlik va bag'rikenglik tuyg'ularini yuksaltirish  maqsadida "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida targ'ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi. Davra suhbatida Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakili ishtirok etib, mavzuga oid ma'ruzalar bilan chiqish qildi.

Ma'rifat bilan - jaholat va ekstremizmga qarshi kurashish muhimligini ta'kidladilar. Shuningdek, jaholatning kelib chiqish omillari, salbiy oqibatlari va zamonaviy globallashuv jarayonlarida ularning ko‘rinishlarini ilmiy nuqtai nazardan talabalarga tushuntirildi.


Foydali manzillar