"Xalqaro qishloq ayollari kuni" ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

"Xalqaro qishloq ayollari kuni" ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida 15-oktabr kuni "Xalqaro qishloq ayollari kuni" ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni filial direktori Yuldashov Nurbek Ergashovich ochib berib, barchaga samimiy tabrik yo'lladi.
Mazkur tadbir ayollarga bo‘lgan e'tibor va ularning kasbiy hamda ijtimoiy hayotdagi rolini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli ishlar doirasidagi navbatdagi qadam bo‘ldi Tadbir shubhasiz, barcha ishtirokchilarga ma'naviy yuksalish, ruhiy ko‘tarinkilik va iliq taassurotlar ulashdi.
♻️ Tadbirning asosiy maqsadi jamiyatda ayollarning o‘rni va ularning turli sohalardagi faoliyati haqida to‘laqonli ma'lumot berish, yosh avlodga ulug‘ qadriyatlarimizni singdirish, ayollarga hurmat-ehtirom ko‘rsatishdir.
Bir qator fidoiy, mehnatkash professor-o'qituvchi ayollar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


Foydali manzillar