Talabalar bilan muntazam muloqot – muhim vazifa

Talabalar bilan muntazam muloqot – muhim vazifa

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talabalarning yashash sharoitlari va ijtimoiy holatidan muntazam xabardor bo‘lish maqsadida navbatdagi  tashriflar amalga oshirildi.

Suhbat jarayonida talabalarning yashash sharoitlari, o‘quv jarayoniga munosabati, darslarga qatnash holati, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish, gigiena va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarni qiynayotgan muammolar eshitilib, zaruriy tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar ijara xonadonlarida turuvchi talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni ta’minlash, yoshlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning muammolariga befarq bo‘lmaslikka qaratilgan izchil ishlarning amaliy ifodasidir.


Foydali manzillar