Ijara xonadonlari mas'ullar nazoratida

Ijara xonadonlari mas'ullar nazoratida

   Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialiTexnologiyalar fakulteti dekani A.Yangiboyev boshchiligida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonini ko‘zdan kechirishni davom ettirmoqdalar. 

    ????A.Yangiboyev talabalarga ijara turar joylarida gigiyena qoidalariga rioya qilish, energiya tejash choralarini ko‘rish va darslarga faol qatnashish borasida maslahatlar berdi. Shu bilan bir qatorda, talabalar bilan suhbat davomida ularning o‘qishdagi muammolari, darslarga bo‘lgan munosabati va oila a'zolari bilan muntazam aloqalari haqida ham fikr almashdi.

    Filial rahbariyati tomonidan talabalarga alohida e’tibor qaratilayotganini yana bir bor namoyon qiladi.


Foydali manzillar