Ijara xonadonlari o'rganilmoqda

Ijara xonadonlari o'rganilmoqda

  Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali direktori N.Yuldashov tomonidan ijarada turuvchi talabalarning sharoitlarini yaxshilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini tekshirish va talabalar duch kelayotgan muammolarni aniqlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 

   Ushbu uchrashuvlarda talabalarning yashash sharoitlari, uylardagi tozalik, xavfsizlik, energiya tejash masalalari va gaz isitish tizimlaridan foydalanish qoidalari bo‘yicha kerakli maslahatlar berildi. 

    Shuningdek,  ijara xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham tekshirildi. Xonadon egalariga mavsumga mos tayyorgarlik ko‘rish, talabalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, isitish tizimlarini tartibga solish va xavfsizlikka alohida e'tibor qaratish tavsiya etildi


Foydali manzillar