Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan direktor tabrigi

Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan direktor tabrigi

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Siz azizlarni oʻquvchilar va talaba-yoshlarimiz qalbida ziyo chirogʻini yoqib, ularni ilm-maʼrifat dunyosiga yetaklayotgan ulugʻ xizmatlaringiz Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Oʻqituvchilik — jamiyatimizda eng ulugʻ va masʼuliyatli kasblardan biri. Chunki ustoz va murabbiy nafaqat bilim ulashadi, balki yosh avlod ongiga maʼnaviy tarbiya, ezgu qadriyatlar va Vatanga sadoqat ruhini singdiradi.Sizlar avlodlar davomiyligini taʼminlab, mamlakatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun munosib insonlarni voyaga yetkazishdek sharafli va masʼuliyatli burchni ado etmoqdasiz.

Shu ulugʻ bayram munosabati bilan barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik-farovonlik, ijodiy muvaffaqiyat va ilmiy faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Bayramingiz muborak, aziz ustoz va murabbiylar!

Hurmat bilan, Yuldashov Nurbek Ergashovich 
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori


Foydali manzillar