"Tarbiya" fani doirasida talaba - yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

"Tarbiya" fani doirasida talaba - yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Oliy taʼlim muassasalarida "Tarbiya" fani ta’lim-tarbiya tizimidagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘lib, yosh avlodni ma’nan va jismonan barkamol qilish, iqtidor va salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ularni davlat va jamiyat rivojiga jalb qilishni maqsad qiladi.

Shu sabab, joriy yilning 25 sentabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida talaba - yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni ma’naviy va jismoniy jihatdan sog‘lom, iqtidorli va tashabbuskor qilib tarbiyalash. iqtidor va salohiyatni ro‘yobga chiqarish, shuningdek halollikni tarbiyalash haqida fikr mulohazalar tinglandi. 

Jamiyatda halol insonlar qancha koʻp boʻlsa, u shuncha taraqqiy etadi. Binobarin, halol odam vazifasiga masʼuliyat bilan yondashadi, qingʻir yoʻllar orqali boylik orttirishni oʻylamaydi, ishi, xalqi, vataniga sodiq boʻladi. Talabalar o'zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


Foydali manzillar