“Rektor va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

“Rektor va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim muassasalarida “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda. Mazkur muloqotlarda rektor va filial direktorlari bevosita talabalar bilan uchrashib, yoshlarning taʼlim, fan, madaniyat, sport va boshqa sohalar haqidagi fikrlarini oʻrganish, takliflari va muammolarini tinglab, ularga yechim topish maqsad qilingan.

Ana shunday uchrashuvlardan biri Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali direktori Yuldashov Nurbek Ergashovich so‘zga chiqib, yoshlarga samimiy va iliq fikrlar bildirdi. Talabalarning bilimga chanqoqligi, tashabbuskorligi va fidokorligini alohida ta’kidladi, hamda ularni yangi marralarni zabt etishga chorladi.

Talabalarni yangiliklardan xabardor qilib borish maqsadida tashkil etilgan uchrashuv samimiy muloqot tarzida o'tdi. Ushbu tadbirlar yoshlarning ilm-fan va ijodiy faoliyatga qiziqishini oshishiga, mavjud muammolarni erta aniqlashga xizmat qiladi.


Foydali manzillar