Ijara xonadonlarida turuvchi talaba-qizlar mas’ullar e’tibor markazida

Ijara xonadonlarida turuvchi talaba-qizlar mas’ullar e’tibor markazida

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialining Veterinariya meditsinasi fakulteti xotin qizlar kengashi dekan maslahatchisi Z.Badalova, tyutor Sh.Asqarova ijara xonadonlarni ko'zdan kechirdi.

 Ushbu tashriflarning asosiy maqsadi – ijarada yashayotgan talaba-qizlarning yashash joylarini o‘rganish, ularning xavfsizligi, kundalik muammolari va sharoitlari bilan bevosita tanishishdan iborat bo‘ldi.

 Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan suhbatlar davomida xavfsizlik masalalari, yashash joyining sanitariya holati, huquqiy savodxonlik, mahalla fuqarolar yig‘ini bilan aloqalar bo‘yicha talaba-qizlarga tushuntirishlar berildi.


Foydali manzillar