Huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar

Huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbatlar

Bugun, "Talabalar xavfsizligi kuni" doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida profilaktika katta inspektori, podpolkovnik O'.Xalikov tomonidan talabalar o'rtasida profilaktik suhbatlar tashkil etildi.

 Uchrashuvlar davomida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Davomat masalalari va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ularning shaxsiy buyumlari ko'zdan kechirildi.

 Talabalarga huquqbuzarlikning salbiy oqibatlari, qonunbuzarlik holatlarining oldini olishning samarali yo‘llari hamda fuqarolik mas’uliyatini his etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Foydali manzillar