Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

Talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filialida ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda fakultet mas’ullari va tyutorlar ishtirok etib, talabalar turar joylarining sanitariya-gigiyenik holati, xavfsizlik choralari, elektr va gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek, o‘quv jarayoni va darslarda qatnashish borasida suhbat olib bordilar.

Talabalarning muammolari tinglanib, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Foydali manzillar