- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
Talabalar xavfsizligi yo‘lida: kiberxavfsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati
Bugun Filialda tahsil olayotgan talaba-yoshlar ishtirokida jinoyatchilikning oldini olish, kiberxavfsizlikni ta’minlash va internetdagi tahdidlarga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Filial direktori N.Yuldashov, profilaktika katta inspektori, podpolkovnik O'.Xalikov hamda Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatida yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, internetda xavfsiz muhitni shakllantirish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash va ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.