XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASASI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASASI BILAN HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI.

2025-yil 19–22-avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Ichki Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi universitetida “2025-yilda sanoat, ta’lim, ilmiy tadqiqot va amaliy faoliyatni hamkorlik va integratsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya – "Sutchilik sanoati bo‘yicha yo‘naltirilgan forum” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur forumda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Doniyorov ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida Ichki Mo‘g‘uliston qishloq xo‘jaligi universiteti hamda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Memorandumdan maqsad – ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida sutchilik va chorvachilik yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar va grant dasturlarida ishtirok etish, o‘zaro tajriba almashish orqali sohada innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishdan iborat.

 Bu hamkorlik ikki tomonlama ilmiy va amaliy salohiyatni yanada oshirish, shuningdek, xalqaro tajribani O‘zbekistondagi sohaga tatbiq etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.


Foydali manzillar