- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- RAHBARIYAT
- Texnologiyalar fakulteti
- ILMIY VA O‘QUV BO‘LIMLARI
- O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida atrof-muhitni asrab-avaylash, hududlarni obodonlashtirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida joriy yilning 22–23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur ezgu tashabbus doirasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida ham hasharlik ishlari bo‘lib o‘tdi. Hashar davomida tashkilot xodimlari tomonidan bino atrofi tartibga keltirildi, daraxtlar oqlanib, sug‘orildi, hududda obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.