"Yoshlar - kelajagimiz"  nomli sport o'yinlarida filial direktori Nurbek Yo'ldoshev ishtirok etdi.

"Yoshlar - kelajagimiz"  nomli sport o'yinlarida filial direktori Nurbek Yo'ldoshev ishtirok etdi.

Prezident tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filialida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida qator sport tadbirlari o‘tkazilmoqda. 
Bugungi bo'lib o'tgan "Yoshlar - kelajagimiz"  nomli sport o'yinlarida filial direktori Nurbek Yo'ldoshev ishtirok etdi. Yoshlar bilan o'zaro muloqot tashkil etildi. Jarayonlar ko'zdan kechirildi.

Eslatib o‘tamiz, “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasidagi tadbirlar davom etadi.


Foydali manzillar